<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Kelgin Rabbim</title>
<lyrics>[V1]
 Kelgin Rabbim hayotimga chorlayin seni
 Boshimga toj, koʻzlarimga nur boʻlib kelgin
 Qayga borsam oʻlugʻlayin sening ismingni
 // Jonga orom, soʻzlarimga nur boʻlib kelgin //
 Sen yuldirsan, xaqiqatsan, xayotsan oʻzing
 Horib-tolgan mazlumlarga qanotsan oʻzing
 Sen olamning gunoxini olgan qoʻzisan
 // Sen Podshohsan, Shohon-Shohsan uning oʻzisan //

[V2]
 Muqaddassan muqaddas qil mening jonimni
 Senda sevinch, senda omad, sendadir iqbol
 Senga beray bor vujudim, bor jahonimni
 // Faqatgina tark etmagin sen qalbimda qol //
 Sen yuldirsan, xaqiqatsan, xayotsan oʻzing
 Horib-tolgan mazlumlarga qanotsan oʻzing
 Sen olamning gunoxini olgan qoʻzisan
 // Sen Podshohsan, Shohon-Shohsan uning oʻzisan //

[V3]
 Sen hayotbaxsh chashmadursan, zilol buloqsan
 Jismim Dovud naslidirsan, ruhan ilohsan
 Sen tinchlikning manbaisan, tirik nondirsan
 // Yangi Ahdga toʻkilguvchi qoʻtluq qondirsan //
 Porla mening xayotimda to-oʻlgunimcha
 Muqaddas Rux panohiga toʻkilgunimcha
 Koinotning Podshohiga mangu tasanno
 /// Mangu tazim Isroilning Xudovandiga ///</lyrics>
<author>Umidjon Mahmudovich</author>
</song>